Silga qarshi kurash Milliy dasturi doirasida ftiziatriya xizmati bo’yicha 2014 yil 24 oktyabrdagi “Uzbekiston Respublikasida silga qarshi chora tadbirlarni takomillashtirish to’g’risida”gi 383-sonli buyrug’ini yangilash va shuningdek dalillarga asoslangan tibbiyot va xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan milliy klinik bayonnomalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi hisobidan 2021 yil fevral-may oylarida viloyatlarda 4 kunlik o’quv-seminarlarni o’tkazish rejalashtirilgan hamda Uzbekiston Respublikasi Sog’likni saqlash vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 1 1-5/3220-sonli ko’rsatma xati ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021 yil 28 aprel -1 may kunlari Buxoro shahrida “Yangi milliy klinik bayonnomalar” mavzusida Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining yetakchi mutaxassislari tomonidan ftiziatriya soha mutaxassislari uchun o’quv seminar o’tkazildi.