• ftizioterapiya bo’limi (40 shifo o’rin)da faoliyat olib boradi. Ushbu bo’limga silga qarshi dori vositalariga turg’un (MLU) hamda barcha silga qarshi dori vositalariga turg’un (SHLU) shakli bilan kasallangan bemorlar davolanadi.
  • ftizioterapiya bo’limi (40 shifo o’rin)da faoliyat olib boradi. Ushbu bo’limga birlamchi aniqlangan sil mikobakteriyasi ajratuvchi hamda silning surunkali turi bilan sil mikobakteriyasi ajratuvchi bemorlar davolanadi.
  • Pulmonologiya va diagnostika bo’limi (40 shifo o’rin)da faoliyat olib boradi. Ushbu bo’limga sil mikobakteriyasi ajratmaydigan va o’pkaning nospecicifik kasalligi bilan kasallangan bemorlar davolanadi.
  • Bolalar bo’limi (10 shifo o’rin)da faoliyat olib boradi. Ushbu bo’limga 0-18 yoshgacha bo’lgan faol sil kasalligi bilan og’rigan bemorlar davolanadi.
  • Torakal va o’pkadan tashqari jarrohlik bo’limi (40 shifo o’rin)da faoliyat olib boradi. Ushbu bo’limda faol silning og’ir shakllari (Fibroz kovakli sil, emirilish holatlari, o’pkadan qon ketish, faol sil kasalligidan keyin davolanib chandiq hosil bo’lgan, siydik chiqarish a’zolari bilan kasallangan) bemorlar davolanadi.
  • Anesteziologiya va reanimaciya bo’limi (2 shifo o’rin)da mavjud bo’lib, bu bo’lim torakal va o’pkadan tashqari jarrohlik bo’limi tarkibida ish olib boradi. Ish faoliyati markazda o’tkaziladigan barcha jarrohlik amaliyotlarda xizmat ko’rsatadi.
  • Suyak bo’g’im jarrohlik bo’limi  (40 shifo o’rin)da faoliyat olib boradi. Ushbu bo’limda o’pkadan tashqari a’zolar sili bilan kasallangan bemorlar terapevtik va jarrohlik usullarida davolanadi.
  • Poliklinika bo’limi tuman va shaharlardan silga gumon qilinib keladigan bemorlarga va shuningdek Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikalariga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko’rsatadi.