Viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi 210 shifo o’rinda faoliyat yuritib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 5 martdagi “2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasida sil kasalligi bilan kasallanishni kamaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 62-sonli Qarori ijrosida sil muassasalarini Investitsiya Dasturiga kiritilishi asosida viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida yangi qurilish va rekonstrukciya tadbirlari o’tkazildi. 2016 yildan boshlab viloyat sil kasalligi dispanserida  yangi qurilish va rekonstruktiv  qurilish tadbirlari boshlandi.

Jumladan:

30 o’rinli “Bolalar” bo’limida yangi qurilish,

40 o’rinli “Xirurgiya” binosida rekonstrukciya buldi.

Yangi qurilgan 80 o’rinli “Sil mikobakteriyasi ajratuvchi va turg’un (MLU) shakli bemorlarini davolash” bo’limi.

Yangi qurilgan 2 qavatli “Klinik-bioximik laboratoriya”, “Kirxona”, “Zararsizlantirish” “Dorixona”, “Qabulxona”, “Dezkamera”, “Diagnostika” bo’limlari binosi

Yangi qurilgan “Oshxona” binosi.

Dispanserga yangi qurilgan kirish joyi