Qabulxona bo’limi markazga tuman va shaharlardan davolanish uchun yotqiziladigan bemorlarga tibbiy xizmat ko’rsatadi.
Klinik laboratoriya bo’limi stacionar sharoitida davolanayotgan faol sil bemorlariga klinik va bioximik tahlillarini o’tkazadi.
Bakteriologik laboratoriya bo’limi mintaqalararo (Buxoro va Navoiy) viloyatlariga xizmat qilib, ushbu bo’limda silning kultural tahlillarini o’tkazishda xizmat ko’rsatadi.
Flyuoromarkaz bo’limi ushbu bo’limda 3ta ko’chma xarakatdagi flyuoromoslamalar mavjub bo’lib, viloyatning chekka hududlari va shuningdek korxona va tashkilot ishchi xodimlarini ko’krak qafaslarini rentgenologik tekshiruvlaridan o’tkazishda xizmat qiladi.
Kafedra: Buxoro Davlat Tibbiyot institutining “Ftiziatriya va Pulmonologiya” kafedrasi faoliyat yuritadi.
Bundan tashqari markazda Ma’muriyat, oshxona, dorixona, kirxona, dezokamera va yordamchi xo’jalik faoliyat yuritib kelmoqda.